“Jadidlar” kitoblar to‘plami hududlarga yetkazilmoqda
Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ma’rifatparvar jadid bobolarimizning ibratli hayotini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish uchun “Jadidlar” to‘plami tayyorlangan edi. “Jadidlar” to‘plami o‘zbek jadidchiligining 8 nafar yirik vakili — G‘ulom Zafariy, Abdulhamid Cho‘lpon, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti, asarlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
O‘zbek ziyolilarining faoliyatini, tarix zarvaraqlarini birlashtirgan “Jadidlar” kitoblar to‘plami shu kunlarda viloyatlardagi ta’lim maskanlariga yetkazib berilmoqda. Jumladan, Xorazm viloyatidagi umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari, Prezident va ijod maktablariga yetkazildi. Shuningdek, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridagi ta’lim muassasalariga ham taqdim etildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur to‘plam orqali yoshlarimiz ma’rifatparvar ota-bobolarimiz haqida, ularning faoliyati, millat ravnaqi, Vatan taraqqiyoti uchun jon kuydirib, faoliyat ko‘rsatgani borasida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Shunday ekan, mazkur to‘plamni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish ma’rifatparvar jadid bobolarimiz haqida yoshlarning xabardorligini oshirishga xizmat qiladi.
M.Komilova, O‘zA