Jadidchilik: o‘zlikni anglamoq saodati (+video)
Inson qadri muqaddas, xotirasi barhayotdir. Og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda yurtini, xalqini unutmagan, bir qarich yerini dushmanga ravo ko‘rmagan ajdodlarimiz xayotini o‘rganish, ularni yod etish biz yoshlarga ham g‘urur, ham faxr beradi.
Hozirgi davrga kelib, "jadidchilik" ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida e’tirof etildi, uning xizmatlari tan olindi. Jadid adabiyoti milliy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida baholanib, o‘nlab kitoblar, turli asarlar nashr etilmoqda, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Keyingi yillarda asrlar davomida orzu qilingan, jadidlar ham intilib kelgan ezgu g‘oyalar amalga oshmoqda, yurtimizda Yangi O‘zbekistonni bunyod etish imkoni paydo bo‘ldi.
Ismoil Gasprinskiy – jadidchilikning otasi, ma’rifatparvarlik faoliyati davomida “Vaqt” va “Sho‘ro” deb atalgan 2 ta buyuk gazeta ham tashkil qilgan. Bu gazetalar Qrimdan tashqarida ham keng tarqaldi. O‘sha gazetalar ta’siri juda katta bo‘lgan – u Markaziy Osiyo ziyolilari uchun chin ma’nodagi kashfiyot edi. Bu paytga kelib, Behbudiyning o‘z mablag‘i hisobiga ochilgan ko‘plab xususiy maktablari bor edi. U “Samarqand” deb atalgan gazeta chop ettirgan. Bizda esa bugun "Turkiston"gazetasi "Yoshlar ovozi"ga aylandi....
Jadid bobolarimizning milliy va mafkuraviy faoliyati, amalga oshgan va oshirolmagan g‘oyalari haqida O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Feruza Muhammedjanova bilan samimiy suhbatlashdik.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/mLclFu6zx3Y?si=u_1NidvfY22h9Dij" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Jadid ziyolilari ko‘targan muammolar milliy, diniy, ijtimoiy jihatlar, til, imlo, maorif, xotin-qizlar masalalarini nazarda tutadi. Qizig‘i, bu muammolarning hech biri bugun ham bashariyat kun tartibidan tushgani yo‘q. Yuz yil avvalgi masalalar hozir ham qaynoq va dolzarb.
Qaysi sohani olmang, savollarimiz bisyor. Bugungi ko‘rsatuvni Prezident Shavkat Mirziyoyevning quyidagi so‘zlari bilan yakunlamoqchiman. "Agar biz bu yorug‘ dunyoda "o‘zbek“, "o‘zbekistonlik“, "O‘zbekiston“ degan nomlar bilan yashab qolishni istaydigan bo‘lsak, bu savollarga bugun javob topishimiz va ularni hal etish bo‘yicha amaliy harakatlarni aynan bugun boshlashimiz shart. Ertaga kech bo‘ladi!"
M.Turdaliyeva, A.Ahmedov,O‘zA