Izmir sohillarida 65 nafar migrant qutqarib olindi
Turkiya sohil qo‘riqchilari Gretsiya suvlik hududidan majburan chiqarib yuborilgan va Turkiya sohillariga qarab kelayotgan 65 nafar noqonuniy migrantni qutqarib oldi, deb yozmoqda "Anadolu" agentligi.
Turkiya sohilni qo‘riqlash boshqarmasidan ma’lum qilinishicha, migrantlar Izmir viloyatining Dikili va Cheshma tumanlarida qutqarib olingan.
Xabarda aytilishicha, migrantlar Gretsiya sohiliga havo to‘ldirilgan qayiqlarda yetib olmoqchi bo‘lgan.
Bundan tashqari, Urla tumani sohilida chegarani noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 192 nafar migrant va noqonuniy migrantlarni yashirin yo‘l bilan tashishda gumon qilingan besh kishi qo‘lga olingan.
Xabarda aytilishicha, migrantlar guruhi Turkiyadan Italiyaga Gretsiya orqali yetib olmoqchi bo‘lgan.