Italiyaning birinchi ayol hukumat raisi
Kecha, yakshanba kuni 25 sentyabrdagi saylovlarda g‘olib chiqib, Italiya yangi hukumat raisi etib saylangan Jorjiya Melonining lavozimini egallashiga bag‘ishlangan inaguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi.
45 yoshli “Italiya aka-ukalari” partiyasi yetakchi Meloni davlat tarixida hukumatni boshqaradigan ilk ayol bo‘ldi. U Vazirlar Mahkamasi 68-raisidir.
Avliyo Egidiya katolik jamoati tomonidan tashkil etilgan “Dunyoga e’lon” xalqaro forumida ishtirok etish uchun Rimda bo‘lib turgan Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Meloni bilan uchrashdi. Shunday qilib, Italiya yangi Bosh vazirining birinchi xorijlik davlat rahbari ko‘rishuvi bo‘ldi.
Makron, shuningdek, Rim Rapasi va Italiya prezidenti Serdjo Mattarella bilan uchrashadi.
O‘zA