Italiyaga futbol qaytmoqda
Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyat ancha yumshagani bois, futbol boʻyicha Italiya chempionati iyunning ikkinchi yarmida boshlanadi, deb maʼlum qildi mamlakat sport vaziri Vinchenso Spadafor.

“Bugun biz chempionat 20-iyunda boshlanadi, deb ayta olamiz”, dedi vazir Sky Sports nashriga.
Italiya kubogi musobaqalari esa 13-iyundan boshlanadi.
A Seriyasining bu yilgi mavsumida jamoalar 38 ta uchrashuvning 26 tasini oʻtkazib boʻlishgan. Birinchi oʻrinda “Yuventus” jamoasi bormoqda. Undan bir ochko orqada qolayotgan “Latsio” ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.