“IT-Park”da 500 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanadi
Buxoroda “Bukhara City” majmuasi barpo etilmoqda.
Loyiha doirasida “Buxoroagroklaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan IT-Park qurilishi boshlandi.
Loyihaning umumiy qiymati 21 million AQSH dollarini tashkil etadi. “IT-Park” 2021 yilning to‘rtinchi choragida foydalanishga topshiriladi.
Qurilish loyihasiga ko‘ra “IT-Park” ikkita binodan iborat. Unda monitoring va situatsion markaz, server xonalari bilan bir qatorda 250 o‘rinli konferens zal, 150 o‘rinli majlislar zali hamda qishki bog‘ni o‘z ichiga olgan 160 o‘rinli besh yulduzli mehmonxona qurilmoqda.
Mazkur loyiha yosh iste’dod egalarining salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatini beradi. Majmua qurilib foydalanishga topshirilgandan so‘ng, 500 nafar yoshlar ish bilan ta’minlanadi.
IT-Park markazida dasturlar orqali 1,3 million AQSH dollari qiymatidagi mahsulotni chet elga eksport qilish imkoniyati ham yaratilmoqda.