Istiqbolli loyihalar muhokama markazida bo‘ldi
FOTOREPORTAJ
Qirg‘iziston Respublikasi energetika va elektrotexnika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi respublika qo‘mitasi delegatsiyasi Farg‘onaga tashrif buyurdi.
Dastlab mehmonlar “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur korxona Farg‘ona shahridagi yirik sanoat korxonalarini hamda aholi xonadonlarini uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlab keladi.
Uchrashuv davomida delegatsiya vakillariga “Farg‘ona issiqlik elektr markazi” filiali misolida energetika sanoatida joriy etilayotgan ilg‘or texnologiyalar, O‘zbekistonning energetika siyosati va istiqboldagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda birgalikda amalga oshiriladigan ishlar, loyihalar, tajriba almashinuvlarini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi. Ushbu tashrif nafaqat tajriba almashish, balki energetika sohasidagi ilg‘or xalqaro tendensiyalardan xabardor bo‘lish va istiqbolli hamkorlik uchun mustahkam poydevor vazifasini o‘tadi.
[gallery-23308]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA