Iste’molchi murojaati bir kunda o‘z yechimini topdi
Joriy yilning 3 may kuni Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «Hayit Obod» MFYda yashovchi fuqaro S. Bektemirov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ariza bilan murojaat qildi.
Iste’molchining qayd etishicha, u 2020 yil 30 dekbar kuni Termiz shahrida joylashgan «Surxondaryo Avto TEX Xizmat» MCHJ ga «Cobalt» rusumli mashina uchun 97 083 000 so‘m to‘lov qilgan.
Shartnoma shartiga ko‘ra, avtomashina 2021 yil 30 aprel kuni iste’molchiga topshirilishi kerak bo‘lgan. Ammo muddat tugaganiga qaramay xaridorga mashina topshirilmagan. Mazkur holat yuzasidan iste’molchi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga ariza bilan murojaat qilgan.
Ushbu murojaat federatsiyaning Termiz shahar jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada mashina o‘z egasiga olib berildi.