Iste’molchi foydasiga hal etilgan 20 milliard
2021-yilda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga jami 11220 ta murojaat kelib tushgan.
Federatssiya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur ariza va shikoyatlarning 102 54 tasi ijobiy yechim topgan. Natijada, 20 milliarddan ortiq zarar iste’molchilar foydasiga hal bo‘lgan.
Shuningdek, federatsiya 30 ta murojaat asosida 1 milliard so‘mdan ortiq moddiy va ma’naviy zararlarni qoplab bergan.
Ma’lumot uchun, shikoyatlarning 4241 tasi (37,8%) savdo sohasiga;
1617 tasi (14,4%) gaz ta’minoti sohasiga;
1150 tasi (10,2%) elektr ta’minoti sohasiga;
536 tasi (4,8%) suv ta’minoti sohasiga;
363 tasi (3,2%) kommunal xizmat sohasiga;
134 tasi (1,2%) sog‘liqni saqlash sohasiga;
923 tasi (8,2%) xizmat ko‘rsatish (servis) sohasiga;
276 tasi (2,5%) transport sohasiga;
369 tasi (3,3%) aloqa (va internet) sohasiga;
1612 tasi (14,4%) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.
Maftuna Karimova, O‘zA