Iste’mol bozoriga — yodlangan osh tuzi
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Mohitobon Zarafshon” mas’uliyati cheklangan jamiyati iste’mol bozoriga sifatli yodlangan osh tuzi yetkazib bermoqda.
Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi “Mohitobon Zarafshon” mas’uliyati cheklangan jamiyati iste’mol bozoriga sifatli yodlangan osh tuzi yetkazib bermoqda.
O‘ttiz kishi mehnat qilayotgan korxonaga xomashyo Uchquduq tumanidagi Qamishbuloq konidan keltiriladi va zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlanadi. Ayni paytda bu yerda uch turda yodlangan osh tuzi tayyorlanayotir.