Isroilov Shuxrat Yuldashovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Markaziy nerv tizimida qo‘zg‘alishning tarqalish regulyatorikasini matematik modellashtirish mavzusida.
Isroilov Shuxrat Yuldashovichning «Markaziy nerv tizimida qo‘zg‘alishning tarqalish regulyatorikasini matematik modellashtirish» mavzusidagi 05.01.07 – «Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui» texnika fanlari ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2021.T.142.01 raqamli Ilmiy kengashning 2022 yil 18 noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, M.Ulug‘bek tumani, Bo‘z-2 mavzesi, 17A uy.
Tel.: (99871) 263-41-98
e-mail: info@airi.uz
***
Eslatma: O‘zA rasmiy saytida e’lon qilinadigan dissertatsiyalar himoyasi to‘g‘risidagi e’lonlardan tushadigan mablag‘lar Agentlikni rivojlantirish jamg‘armasiga tushiriladi. Ayni paytda har bitta e’lon uchun belgilangan to‘lov — 210 000 so‘m (QQS bilan).