Isroilda norozilik namoyishlari davom etmoqda
Shanba kuni oqshomda Isroilda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumati siyosati va uning rejalashtirilayotgan sud-huquq islohotlariga qarshi navbatdagi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi. Eng yirik namoyish, avvalgi haftalarda bo‘lgani kabi poytaxtning davlat idoralari yaqinida bo‘ldi.
Namoyishchilar shahar ko‘chalariga Isroil davlati bayroqlari bilan chiqishdi, ko‘pchilikda demokratiyaning qo‘llab-quvvatlovchi shiorlar yozilgan plakatlar bor edi.
Norozi tomonning aytishicha, Netanyaxu hukumatining sud islohoti rejasi Isroil demokratiyasiga tahdid soladi.
“Haaretz” gazetasining ma’lumotiga ko‘ra, shanba kuni kechqurun Tel-Avivda 50 mingga yaqin odam norozilik namoyishiga chiqqan. Shuningdek, mamlakatning ko‘plab shaharlarida muxolifatning mitinglari bo‘lib o‘tgan. Jumladan, Quddusda yetti mingga yaqin namoyishchi Isroil Prezidenti Isxak Gersog qarorgohida to‘plangan, shundan keyin ular Netanyaxuning uyi tomon yurishgan.
Xayfa shahrida ham yirik namoyish bo‘lib o‘tdi, unda 11 mingga yaqin namoyishchilar to‘planishgan, deb yozadi nashr.
O‘zA