Isroilda maktablar oʻz faoliyatini boshlaydi
“Bosh vazir vazirliklar, jumladan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, moliya vazirlari hamda mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish markazlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan rejani maʼqulladi.
“Bosh vazir vazirliklar, jumladan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, moliya vazirlari hamda mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish markazlari bilan birgalikda ishlab chiqilgan rejani maʼqulladi. Taʼlim tizimi yaqin orada faoliyatini qayta boshlaydi“, deyiladi bosh vazir kanselyariyasi tarqatgan xabarda.
Oʻqish boshlangandan keyin maktablar amal qilishi shart boʻlgan qoidalar quyidagilardan iborat: har bir oʻquvchi maktab hududiga kirayotganda sogʻligi haqidagi ota-onasi imzolagan maʼlumotnomani koʻrsatishi lozim. Maktabda 4-sinfdan yuqori sinf oʻquvchilarining niqob taqib yurishi majburiy. Qolaversa, ular orasidagi masofa kamida 2 metr boʻlishi lozim.
Bundan avvalroq professor-immunolog, “Xadassa“ kasalxonasi pediatriya boʻlimi mudiri Yakov Berkun RIA Novosti axborot agentligiga bergan intervyusida bolalar oʻziga xos immuniteti tufayli COVID-19 infeksiyasini yengil oʻtkazishini taʼkidlagan edi.