Isroil Madrimovdan ikkinchi nokaut
Bugun AQSHning Nyu-York shahrida tashkil qilingan boks kechasida bokschimiz Isroil Madrimov professional boksdagi ikkinchi jangida ham gʻalaba qozondi
Bugun AQSHning Nyu-York shahrida tashkil qilingan boks kechasida bokschimiz Isroil Madrimov professional boksdagi ikkinchi jangida ham gʻalaba qozondi.
Venesuelalik Frenk Roxasga qarshi bahs kutilganidan ham erta yakunlandi. 10 raundga moʻljallangan jangning ikkinchi raundida Isroilning zarbasidan soʻng raqib nokaut holatiga tushdi.
Mazkur gʻalaba Isroilning WBA yoʻnalishida oʻz reytingini yaxshilash imkonini taqdim etadi.
Madrimov professional boksda oʻzi oʻtkazgan ikkala jangida ham raqiblarini nokaut evaziga dogʻda qoldirmoqda.
Maʼlumot oʻrnida, Isroil Madrimov birinchi jangida meksikalik Vladimir Ernandes ustidan gʻalaba qozonib, WBA Intercontinental kamariga ega chiqqan.