Isroil elchisi bilan uchrashuv
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Isroil davlatining Favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatimizda diplomatik faoliyatini yakunlayotgan Isroil davlatining Favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapirani qabul qildi.
Muloqot chogʻida koʻplab sohalar boʻyicha turli shaklda yoʻlga qoʻyilgan Oʻzbekiston - Isroil hamkorligining joriy holati va aloqalarni yana-da rivojlantirish istiqboli yuzasidan fikr almashildi.
Oʻzbekistondagi diplomatik missiyasi yakunlanayotgani munosabati bilan Elchining samarali faoliyati va ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi qayd etildi.
Oʻz navbatida, Elchi Isroilning Toshkentdagi diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi faoliyati qoʻllab-quvvatlangani uchun minnatdorlik bildirdi.