Ispaniyadan ochko tortib olgan Kabo-Verde darvozaboni uchrashuvdan so‘ng ko‘z yoshlarini tiya olmadi
Atlantadagi bahsda hisob ochilmadi - 0:0.
Kabo-Verde Milliy terma jamoasi jahon chempionatida haqiqiy sensatsiya qayd etdi. Ushbu jamoa butun musobaqaning bosh favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan Ispaniya terma jamoasidan ochko tortib olishga muvaffaq bo‘ldi. Atlantadagi bahsda hisob ochilmadi - 0:0.
E’tiborlisi, Kabo-Verde terma jamoasi posboni Jozimar Vozinya uchrashuv yakunlanganidan so‘ng maydonning o‘zida yig‘lab yubordi. U mazkur tarixiy va sensatsion natijaning bosh ijodkorlaridan biriga aylandi — Vozinya o‘yin davomida raqibning 7 ta xavfli zarbasini qaytarib, o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Kabo-Verde terma jamoasi mundialdagi navbatdagi uchrashuvini 22-iyun kuni Urugvayga qarshi o‘tkazadi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da start oladi. Guruh bosqichining 3-turida esa Kabo-Verde futbolchilari Saudiya Arabistoni terma jamoasi bilan kuch sinashadi.