Ispaniyada niqobsiz yurishga ruxsat berildi
Ispaniyada tibbiy niqob taqish tartibi bekor qilindi. Mamlakat aholisi endi tibbiy niqobda bo‘lishi majburiy emas.
Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.
Ijtimoiy masofani saqlash imkoniyati bo‘lsa-da, Ispaniyada niqob taqish to‘g‘risidagi qoida joriy qilinganiga bir yil to‘ldi.
Mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat unchalik jiddiy emas. Shu bois, xalqaro turizmga katta e’tibor qaratilmoqda, tungi komendantlik soati bekor qilindi, mana endi ko‘chalarda niqobsiz yurishga ruxsat berilyapti.
Ispanlar oldingi hayotga qaytmoqda. Ammo Madrid aholisining aksariyati hanuz niqobda yuribdi, ular ushbu o‘zgartirishlarga hozircha shoshmayapti. Ular hali ham niqoblanish kerak, deya hisoblamoqda.
– Men tibbiy niqobsiz yurishga hali tayyor emasman, hukumat biroz shoshildi. Yuqumli kasallik hali chekingani yo‘q, odamlar kasalxonalarga borishda davom etyapti, – dedi Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches RIA Novostiga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniyada COVID-19 kasalligiga qarshi emlangan fuqarolar soni 21 milliondan oshgan.