Ispaniya terma jamoasi vingeri: ushbu mukofotga mendan ko‘ra ko‘proq onam loyiq
O‘yindan so‘ng taqdirlash marosimi va bayram tadbirlari davomida eng ta’sirli voqealardan biri yuz berdi.
Futbol bo‘yicha dunyo birinchiligining hal qiluvchi bahsida Ispaniya terma jamoasi qo‘shimcha vaqtlarda Argentina termasini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, o‘z tarixida ikkinchi marotaba jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
Uchrashuvning asosiy vaqti durang bilan yakunlangach, qo‘shimcha bo‘limda kiritilgan yagona gol uchrashuv taqdirini hal qildi. Ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan «Atletik» klubi vingeri Niko Uilyams uzatgan to‘pni Ferran Torres raqib darvozasiga joylab, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
O‘yindan so‘ng taqdirlash marosimi va bayram tadbirlari davomida eng ta’sirli voqealardan biri yuz berdi. Niko Uilyams tribunada uni qo‘llab-quvvatlab turgan onasi Mariya Artur yoniga borib, jahon chempionligining oltin medalini uning bo‘yniga taqdi.
Futbolchi nima uchun bunday qarorga kelganini matbuotga bergan intervyusida shunday izohladi:
«Men maydonda tezkorman, ammo onamdan tezroq emasman. U o‘z vaqtida xavf-xatardan qochib, Sahroi Kabir sahrosini piyoda kesib o‘tgan hamda Ganadan Ispaniyagacha bo‘lgan og‘ir yo‘lni bosib o‘tgan. Men chempionlik medalini onamga taqdim etdim, chunki u ushbu mukofotga mendan ko‘ra ko‘proq loyiqdir».
Niko Uilyamsning oilasi 1993 yilda yaxshiroq turmush sharoitini izlab Ganani tark etgan va Sahroi Kabir orqali murakkab yo‘lni bosib o‘tib, Ispaniyadan qo‘nim topgan edi.