Ispaniya o‘rtoqlik o‘yinida Perudan ustun keldi
Ispaniya Peruni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Ispaniya terma jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
"Qizil furiya"ning navbatdagi raqibi Janubiy Amerika vakili Peru terma jamoasi bo‘ldi. Uchrashuv tezkor gol bilan boshlandi. Bahsning 2-daqiqasidayoq ispanlar hujumchisi Mikel Oyarsabal gol urib, hisobni ochdi. 32-daqiqaga kelib, Pedri oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limning 8-daqiqasida esa Peru posboni Pedro Gallese o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi va hisob yirik ko‘rinish oldi. 66-daqiqada esa Jairo Valez gol urib, oradagi farqni qisqartirdi. Tablodagi hisob boshqa o‘zgarmadi va Ispaniya Peruni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.