Ispaniya federatsiyasi De la Fuente borasida bir qarorga keldi
OAVga ma'lum bo'lishicha, JCH-2026'dan so'ng tajribali mutassis bilan hamkorlikni uzaytirish bo'yicha uzil-kesil qaror qabul qilingan.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuentening kelajagi borasida bir to'xtamga keldi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
OAVga ma'lum bo'lishicha, JCH-2026'dan so'ng tajribali mutassis bilan hamkorlikni uzaytirish bo'yicha uzil-kesil qaror qabul qilingan. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Federatsiya esa bitimni 2030-yilgi jahon chempionatiga qadar uzaytirishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, 65 yoshli ispaniyalik mutassis qo'l ostida "Qizil furiya" Yevro-2024 va 2026-yilgi jahon chempionatida zafar quchdi. Yaqinda yakunlangan mundial finalida Ispaniya terma jamoasi Argentinani mag'lub etdi (qo'shimcha bo'limlarda 1:0).