Isko: “Real”da menga imkoniyat berilmayapti
“Real Madrid” yarim himoyachisi Isko hali unga oʻzini koʻrsatish uchun imkon berilmagani haqida gapirib oʻtdi
“Real Madrid” yarim himoyachisi Isko hali unga oʻzini koʻrsatish uchun imkon berilmagani haqida gapirib oʻtdi.
Isko oʻzini klubning boshqa yarim himoyachilariga nisbatan kam oʻyin amaliyotiga ega boʻlayotganini adolatdan emas, deb hisoblamoqda. 26 yoshli yarim himoyachi asosiy tarkibdan mustahkam oʻrin egallay olmayotganidan xavotirda.
“Toʻgʻrisi, hech kim menchalik kutmagan boʻlardi. Ammo men bunga rozi boʻlyapman. Kutyapman. Jamoadoshlarimga berilayotgan imkoniyatning bir qismi ham berilmayapti. Hamma narsa oʻzgarishi mumkin. Qachonlardir menga vaziyat berilishi mumkin-ku.
Qiyinchiliklarga qaramasdan, menga imkoniyat taqdim qilinishini kutaman. Fikrim qatʼiy”, - deydi Isko ASga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Isko ushbu mavsumda 15 uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urgan va 2 golga hammualliflik qilgan.