Ishlab chiqarish barqaror o‘smoqda
Navoiy shahridagi “Gidro stanko servis” korxonasi o‘z faoliyatini dastlab sanoatda ishlatiladigan uskunalarni ta’mirlashdan boshlagan. Hozir bu yerda tog‘-kon, neft-gaz va kimyo sanoati uchun zarur metall uskunalari hamda ularning ehtiyot qismlari tayyorlanmoqda.
Navoiy shahridagi “Gidro stanko servis” korxonasi o‘z faoliyatini dastlab sanoatda ishlatiladigan uskunalarni ta’mirlashdan boshlagan. Hozir bu yerda tog‘-kon, neft-gaz va kimyo sanoati uchun zarur metall uskunalari hamda ularning ehtiyot qismlari tayyorlanmoqda.70 ga yaqin ishchi mehnat qilayotgan korxona ayni paytda Navoiy kon-metallurgiya kombinati, “Qizilqumsement”, “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatlari kabi o‘ndan ortiq yirik sanoat quvvatlari uchun mahsulotlar yetkazib bermoqda.