Ishga joylashishda imkoniyatlar yaratiladi
Buxoro davlat universitetida Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi rahbariyati va universitet rahbariyati o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Umarov, universitet rektori Obidjon Hamidov boshchiligidagi universitet, Tarix va yuridik fakulteti jamoasi, professor-o‘qituvchilar, “Ijtimoiy ish” va “Psixologiya” yo‘nalishlari bitiruvchi talabalari ishtirok etdi.
Ta’kidlanganidek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi aholiga professional ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish, og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, bolalar, keksalar va yoshlarga kompleks yordam berish, oilalarni muhofaza qilish, ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish, xizmatlarni mahalla darajasida manzilli va shaffof tashkil etish, jamiyatda inklyuzivli va ijtimoiy moslashuvni ta’minlashdan iborat.
[gallery-24882]
Uchrashuvda Buxoro davlat universiteti hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu hamkorlik memorandumi universitet bitiruvchilarining Ijtimoiy himoya milliy agentligida ishga joylashishiga, amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga, ijtimoiy sohada innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va yangi hamkorlik loyihalarini amalga oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat),
O‘zA muxbirlari.