«Ishbilarmon»ning firibi bojxonada fosh bo‘ldi
«Ishbilarmonlar» tomonidan yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlarga qaramay, bojxona nazoratidan yashirgan holda noqonuniy ravishda tovarlarni olib kirish holatlari uchrab turibdi.
Bojxona organlari xodimlari tomonidan olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida mahsulotlarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinishlarga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.
Jumladan, Navoiy viloyati xalqaro aeroportida «Istanbul – Navoiy» aviareysi bilan kelgan yuklar bojxona xodimlari tomonidan yuk egasi hamda xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda kurerlik jo‘natmalari orasiga bojxona nazoratidan yashirilgan va hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy og‘irligi 200 kg.ga teng qiymati 60 million so‘m bo‘lgan “ADLYA” TOBACCO yozuvli chilim chekish moslamasi uchun xomashyolar borligi aniqlandi.
Ayni paytda tegishli tartibda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zA