Isfahonda harbiy samolyot halokatga uchradi
Voqea joyida qutqaruv guruhlari faoliyat olib bordi. Mamlakat harbiy havo kuchlari ushbu holat texnik nosozlik sababli sodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Shanba kuni Eronning harbiy samolyoti Isfahon yaqinida halokatga uchradi. Bu haqida Tasnim agentligi xabar berdi.
Samolyot mamlakat poytaxtidan 50 kilometr janubi-g‘arbdagi Jarqaviyya aholi punktiga yaqin hududda qulab tushgan.
Ikki nafar ekipaj a’zosi omon qoldi.
Voqea joyida qutqaruv guruhlari faoliyat olib bordi. Mamlakat harbiy havo kuchlari ushbu holat texnik nosozlik sababli sodir bo‘lganini ta’kidlamoqda.