Iroqdagi portlash qurbonlari soni ortdi
Iroqning g‘arbiy qismidagi Anbar provinsiyasida avtomobilga o‘rnatilgan mina ishga tushishi natijasida halok bo‘lgani aniqlanganlar ayni payt 7 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakatning INA agentligi xavfsizlik organlari matbuot xizmati bayonotiga tayanib ma’lum qilgan.
Avvalroq mazkur idoradagi manba “RIA Novosti”ga Anbarda avtomashina minadan tozalash paytida portlab ketgani va to‘rt nafar Iroq harbiysi hayotdan ko‘z yumgani xususida xabar bergan edi.
So‘nggi axborotga ko‘ra esa hodisa paytida 7 insonning joni uzilgan va yana shuncha kishi yaralangan.