Iqtisodiyot va moliya vazirligining hisobotlari körib çiqildi
Yaşirin iqtisodiyotning kamayişi byudjet mablağlari şakllanişi hamda şaffoflikni taʼminlaşda muhim omil hisoblanadi. Bu borada olib borilayotgan işlar samarasida şu yilning töqqiz oyi davomida yaşirin iqtisodiyot uluşi kamayib, rasmiy iqtisodiyot uluşi 78,2 foizga yetgan.
Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Byudjet va iqtisodiy masalalar qömitasining kengaytirilgan yiğilişida aytib ötildi. Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligining “2026-yil yanvar-sentabr oylari yakunlariga köra yaşirin iqtisodiyot uluşini qisqartiriş hamda naqdsiz hisob-kitoblarni rağbatlantiriş böyiça amalga oşirilgan işlar töğrisida”gi hisoboti körib çiqildi.
Taʼkidlanganidek, hisobot davrida yalpi içki mahsulotda kuzatilmaydigan iqtisodiyotning (yaşirin va norasmiy iqtisodiyot birgalikda) uluşi 21,8 foizni taşkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,1 foiz bandga kamaygan. Natijada rasmiy iqtisodiyot uluşi 78,2 foizga yetgan. Norasmiy iqtisodiyot uluşining qisqarişida yuridik şaxslar hissasiga töğri keluvçi yaşirin iqtisodiyotning qisqariş tendensiyasi kuzatilmoqda.
Yiğilişda Prezidentimizning 2025-yil 10-dekabrdagi farmoni ijrosi doirasida 2026-yil 1-apreldan boşlab yonilği quyiş şoxobçalari, alkogol va tamaki savdosi, davlat xizmatlari hamda yirik xaridlar böyiça tölovlarni töliq elektron tizimga ötkaziş tartibi amaliyotga tatbiq etilişiga doir masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. Uşbu tartibni joriy etişda maʼmuriy talab bilan çeklanmay, hududlardagi savdo va AYOQŞ şoxobçalari hamda avtobozorlarda zarur texnik infratuzilma yaratilayotgani iqtisodiyot tarmoqlarida tizimli sifat özgarişlariga olib kelayotgani taʼkidlandi.
Yiğilişda, şuningdek, vazirlikning “BMTning Barqaror rivojlaniş maqsadlarini öz vaqtida va sifatli amalga oşiriş borasida olib borilayotgan işlar töğrisida”gi axboroti ham eşitildi.
Qayd etilganidek, uşbu yönalişda Davlat byudjeti xarajatlarini barqaror rivojlaniş milliy maqsadlari (BRMM) asosida tasniflaş natijalariga köra, joriy yilda soğlom turmuş tarzi, taʼlim, infratuzilma hamda şahar va aholi punktlari barqarorligiga oid maqsadlarga yönaltirilgan xarajatlar 275,8 trillion sömni yoki jami xarajatlarning 59,6 foizini taşkil etişi kutilmoqda. Şuningdek, joriy yilda ijobiy ekologik taʼsirga ega xarajatlar jami xarajatlarning 28,9 foizini taşkil etayotgani aytib ötildi.
Yaşirin iqtisodiyot va maqsadli körsatkiçlar ijrosiga oid bu kabi muhokamalar byudjet mablağlaridan foydalanişda şaffoflik va hisobdorlikni oşirişga xizmat qiladi.
M.Komilova,
ÖzA