Poytaxtimizda an’anaviy tennis turniri boshlandi
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘smirlar o‘rtasida an’anaviy turnir boshlandi.
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabida o‘smirlar o‘rtasida an’anaviy turnir boshlandi.O‘zbekiston tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqa iste’dodli yoshlarni kashf etish, ularning mahoratini oshirish, professional tennisda o‘z o‘rnini topishida muhim o‘rin tutmoqda.
– Mazkur turnirda ishtirok etayotgan yosh sportchilarning barchasida g‘alabaga bo‘lgan intilish kuchliligi bahslarning murosasiz o‘tishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi musobaqa bosh hakami Maksim Kravchenko.
Musobaqada yuzdan ortiq o‘g‘il-qiz ishtirok etmoqda. Maksim Shin, Aziz Dadaboyev, Azamat Luqmonov, Bekzod Rasamatov, David Bagrinovitskiy, Fayzullo Mirzag‘aniyev, Sardor Abdumalikov, Abduvoris Saidmuhammedov, Irisa Tursunova, Lutfiniso Ahmedova, Farida Marimova, Angelina Fols kabi tennischilar chorak finaldan muvaffaqiyatli o‘tdi.