Ipoteka kreditlari shartlari o‘zgardi
Mamlakatimizda ipoteka kreditlari shartlari o‘zgardi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, bugungi kunda ayrim tijorat banklari tomonidan O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan jismoniy shaxslarga birlamchi va ikkilamchi uylar uchun ipoteka kreditlari ajratib kelinmoqda. Ushbu kreditlar bo‘yicha ayrim shartlar o‘zgartirildi.
Jumladan, kredit foizi – 17,5 foiz (avval 18 foiz edi), kredit maksimal miqdori – 400 million so‘m (avval 323 million so‘m edi), qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning o‘rtacha oyliklari maksimal miqdori 15 million so‘m (avval 10 million so‘mdan oshmasligi lozim edi).
O‘zA