Ipak matolarda aks etgan hayot
Toshkent Fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, batik sanʼati ustasi Feruza Aliyevaning “Master-skaya” nomli shaxsiy koʻrgazmasi tashkil etildi.
Toshkent Fotosuratlar uyida Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi aʼzosi, batik sanʼati ustasi Feruza Aliyevaning “Master-skaya” nomli shaxsiy koʻrgazmasi tashkil etildi.


Unda ijodkorning 100 ga yaqin batik sanʼati asarlari namoyishga qoʻyildi.


Maʼlumki, batik sanʼati ijodkordan nafaqat badiiy, balki texnik bilimlarni talab etadi. Asarlarni kuzatarkansiz, oʻziga xos did va ehtiyotkorlikni talab etuvchi nafis, harir mato sathidagi goʻzallik sizni oʻziga rom etadi.


Koʻrgazmada F.Aliyeva ijodining boshqa qirralari ham kashf etilgan. Jumladan, sumka, xalat, chopon, sharf va roʻmol kabi buyumlar ijodkor mahorati bilan oʻzgacha shakl kasb etgan.