Investorlar manfaati ta’minlanadi
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullari Boyovut tumanida barpo etilayotgan zamonaviy “Sirdaryo – 2” elektr stansiyasida bo‘ldilar. Bu yerda boshqarma boshlig‘i N. Salimjonov korxona mutasaddilari, qurilishda ishtirok etayotgan Fransiya, Yaponiya, Turkiya va Xitoy davlatlarining yirik kompaniya vakillari bilan sayyor uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida yuz foiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisobiga barpo etilayotgan, quvvati 1573 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi loyihasi bilan yaqindan tanishildi va xorijdan olib kelinadigan tovarlarni tegishli bojxona rejimlariga qisqa muddatda rasmiylashtirish yuzasidan hamkorlikda tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
[gallery-18775]
Shuningdek, bugungi kunda bojxona organlarida sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, axborot dasturlari, elektron xizmatlar, mobil ilovalar amaliyotga tatbiq etilgani hamda ushbu dasturiy ta’minotlar idora va tashkilotlar bilan integratsiya qilingani bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Bojxona xodimlari xorijiy investorlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda galdagi vazifalarni belgilab olib, ishtirokchilarning barcha savollariga batafsil javob berdilar.
Shahriyor ORTIQBOEV (surat), O‘zA