Investitsiya dasturlari ijrosi qanday samara beradi
Prezidentimiz tomonidan imzolanayotgan har bir hujjat, albatta joylarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga, iqtisodiyotni rivojlantirishga shu bilan birga aholining real daromadi oshishiga xizmat qilmokda.
Prezidentimiz tomonidan imzolanayotgan har bir hujjat, albatta joylarda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga, iqtisodiyotni rivojlantirishga shu bilan birga aholining real daromadi oshishiga xizmat qilmokda.
Yurtboshimizning joriy yil 9-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2020-2022-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ham hududlarda amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlarining ijrosiga qaratilgan.
Mazkur hujjat asosida bugun mamlakatimizning har bir hududida boʻlgani kabi Buxoro viloyati Buxoro tumanida ham investitsiya muhitini yana-da yaxshilash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy sarmoyani istiqbolli loyihalarga jalb qilishni ragʻbatlantirish, mazkur yoʻnalishda davlat siyosatining izchilligiga investorlarning ishonchini mustahkamlash maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
– Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “investitsiya boʻlmasa, iqtisodiyot rivojlanmaydi“, – deydi tuman hokimi oʻrinbosari, investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi S.Hamroyev. – Tumanda investorlarga yaratilayotgan muhit, infratuzilma kelajakda hududimiz aholisi uchun yangi ish joyi boʻladi, mahsulot koʻpayadi, soliq tushumi tushadi.
Darhaqiqat, hududdagi korxonalarning faoliyatini yana-da rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Tumandagi tegishli korxona va tashkilotlar hamkorligida yaqin ikki yilda qurib, foydalanishga topshirilishi zarur boʻlgan loyihalar boshqa mutasaddilar tomonidan manzilli oʻrganilib borilmoqda. Natijada mazkur korxonalarda yigʻilib qolinayotgan muammolar soha mutaxassislari tomonidan joyida bartaraf etilayotir.
Tuman hokimi oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruhi “Koʻk choy savdo fayz“ MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan umumiy qiymati 3 milliard soʻmlik savdo va maishiy, umumiy ovqatlanish, qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish majmuasi loyihasi, “Zarif ota“ va “Odilshoh“ fermer xoʻjaliklarining chorvachilik komplekslari qurilishi, “Shuhrat“ fermer xoʻjaligining naʼmatak plantatsiyasini tashkil etish, shuningdek, “Siyovush Agro“ MCHJning intensiv bogʻdorchilik faoliyatini yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq ishlarning borishini muhokama qildi. Loyiha egalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida duch kelayotgan muammolar oʻrganildi. Tegishli soha mutasaddilaridan esa huquqiy koʻmak berildi.
Natijada tumanda yangi sohalar oʻzlashtirilmoqda. Yirik ishlab chiqarish obyektlari bunyod etilib, iqtisodiyotimizning investitsiyaviy jozibadorligi oshib bormoqda. Bu esa tadbirkorlarning istiqbolli loyihalarini amalga oshishida, yangi ish oʻrinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.