Institutda Navro‘z sayili tashkil etildi
Navro‘z milliy qadriyatlarimizni o‘zida jam qilgan go‘zal bayramlarimizdan biridir. Ushbu bayram YUNESKO tarafidan nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan, 2010-yilda esa BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 21-mart "Xalqaro Navro‘z kuni" deb e’lon qilingan. O‘zbekistonda mustaqillikka erishilganidan keyin boshqa qadriyatlar qatori Navro‘z bayrami ham qayta tiklandi. U hozir mamlakatimizda umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanmoqda.


Urganch davlat pedagogika institutida ham Navro‘z sayili tashkil etilib, milliy qo‘shiqlardan iborat konsert dasturi namoyish etildi. Milliy sport o‘yinlari, yangi unib chiqqan ko‘katlardan, bahoriy taomlar: sumalak, halim, ko‘ksomsa, chuchvara kabi tansiq milliy taomlar hamda milliy qadriyat va urf-odatlarimizning namunalaridan ko‘rgazmalar tashkil qilindi. Tadbirda respublikamiz hududlarining an’ana va qadriyatlari namoyish etildi.
O‘zA