Instagram asoschilari kompaniyani tark etmoqda
Kevin Sistrom va Mayk Kriger bundan 8 yil avval AQSHning San-Fransisko shtatida hozirda milliard foydalanuvchisi boʻlgan Instagram ijtimoiy tarmogʻiga asos solishgan edi.
Kevin Sistrom va Mayk Kriger bundan 8 yil avval AQSHning San-Fransisko shtatida hozirda milliard foydalanuvchisi boʻlgan Instagram ijtimoiy tarmogʻiga asos solishgan edi. Ushbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarni shu darajada oʻziga rom etdiki, qisqa vaqt ichida millionlab abonentlarga ega boʻldi.Ammo hozirda Kevin Va Mayk kompaniyani tark etishga qaror qilgan.
Sistrom dushanba kuni bloggerlarga bergan intervyusida shunday dedi: "Biz yangi narsalar yaratishimiz kerak, kompaniyada ishlab koʻp vaqtimiz faqatgina Instagramga sarf boʻlmoqda. Ammo biz kelajak uchun hali koʻplab kashfiyotlar qilishimiz lozim”.
Facebook kompaniyasi rahbari Mark Sukerberg Sistrom va Krigerni tariflar ekan “ular gʻayriodatiy insonlar” dedi. Shuningdek, “men ulardan keyingi ajoyib kashfiyotlarini intizorlik bilan kutib qolaman” deya qoʻshimcha qilgan Mark Sukerberg.
Maʼlumot uchun: 2012 yil Facebook kompaniyasi Instagram ijtimoiy tarmogʻini sotib olgan edi.