Insoniyat global muammolarni bartaraf etishga kirishmoqda
15 may – Xalqaro iqlim kuni
Sof iqlim insoniyatning kelajagini belgilovchi muhim omil bo‘lgani singari odamzod ham uni munosib saqlash, global muammolarni bartaraf etishga kirishmog‘i lozim. Atmosfera qatlamidagi ozon miqdorining oshishi, tabiiy ofatlar, ob-havoning keskin o‘zgarib borishi tabiiy resurslar holatiga, insoniyat hayoti va davlatlarning muvozanatli rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bugun 15 may – Xalqaro iqlim kunidir. Xalqaro iqlim kuni jamoatchilikni iqlim muammolari haqida yanada ko‘proq o‘ylashga, samarali yechim topish yo‘lida birlashishga undaydi.Ma’lumot o‘rnida aytish mumkin, birinchi marta iqlimni saqlash muammosi jahon miqyosida 1992 yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Yer sammitida muhokama qilingan. Mazkur sammitda 180 dan ortiq davlat vakillari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasini (UNFCCC) imzolagan.
Ushbu konvensiya qabul qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad iqlim tizimiga xavfli antropogen aralashuvning oldini olishdan iboratdir.Unutmaslik lozimki, insoniyatning iqlim masalalariga aql bilan yondashishi zamindagi jami jonzodlar farovonligini ta’minlaydi.
M.MADAMINOVA, O‘zA