Inson – aziz, xotira – muqaddas
9 may – Xotira va qadrlash kuni mamlakatimiz nuroniylariga har qachongidan ham ko‘ra ko‘proq hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda.
Sana munosabati bilan Andijon viloyati Andijon tumanidagi 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi o‘quvchi-yoshlar bilan ustozlar xonadonida bo‘ldilar.

Samimiy suhbat chog‘ida maktabda o‘quvchilar o‘rtasida kitob targ‘ibotini kuchaytirish borasidagi amaliy ishlar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

Jumladan, maktabning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Tolibjon Mirzajonov ham ushbu bilim dargohidagi kitob targ‘iboti jamoasi bilan katta ish tajribasiga ega bo‘lgan muallim Mavludaxon Abdullayevaning xonadonida bo‘ldi. Nuroniy pedagog sovg‘a-salomdan ko‘ra, ko‘proq hurmat va ehtiromdan boshi ko‘kka yetdi.
Onaxon nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
O‘zA