Indoneziya falastinlik talabalarga viza bermoqchi
Ma’lumki, G‘azodagi vaziyat tufayli juda ko‘p falastinlik talabalar o‘qishni davom ettira olmayaptilar. Indoneziya hukumati aynan shunday yoshlar ta’lim olishi uchun sharoit yaratish maqsadida ularning mamlakatga kirishini osonlashtirmoqchi.
“IRNA news” yozishicha, ushbu mamlakat Falastindagi oliy o‘quv yurtlari talabalariga viza berish jarayonini soddalashtiradi. Bu haqda Indoneziyaning inson huquqi, immigratsiya, axloq tuzatish va huquqiy ishlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi vaziri Yusril Iza Mahendra ma’lum qilgan.
Ushbu masala Falastinning Indoneziyadagi elchisi Zuhayr Al-Shun bilan uchrashuvda ko‘rib chiqilgan. Muloqot davomida Falastinning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga to‘liq a’zo bo‘lish yo‘lidagi sa’y-harakati Indoneziya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi ham ta’kidlangan.
Musulmon Ziyo, O‘zA