Imzolarni to‘plashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan
Ma’lumki, siyosiy partiya O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlab, jami saylovchilarning umumiy sonidan kamida bir foizining imzosini (taxminan 212 ming 660 ta imzo) to‘plashi kerak.
Saylov kodeksining 39-moddasiga binoan, siyosiy partiyalar taqdim etgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilgani Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 5 kunlik muddatda tekshiriladi. Bunda saylovchilar imzolari zarur sonining kamida 15 foizi va imzo varaqalariga imzolarini qo‘ygan saylovchilar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar tekshirilishi kerak bo‘ladi.
Shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasining 2021 yil 30 avgustdagi tegishli qarori bilan 3 ta ekspert guruhi tuzildi. Ekspert guruhi tarkibiga ichki ishlar, adliya organlari mutaxassislari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari jalb etildi.
Joriy yil 8 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O‘zbekiston Ekologik partiyasi tegishli hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalarini taqdim etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish bo‘yicha ekspert guruhining xulosasiga ko‘ra, quyidagilar aniqlandi:
O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va uning joylardagi hududiy organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Alisher Qodirovni qo‘llab-quvvatlovchi jami 287 ming 925 nafar saylovchining imzosi to‘plangan. Shundan O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilarining umumiy soni 21 million 266 ming 11 nafarning kamida bir foizi, ya’ni 212 ming 660 ta miqdorida imzo bilan to‘ldirilgan imzo varaqalari blankalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida taxlangan holda Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etildi. Qolgan imzo varaqalari siyosiy partiyada zahira sifatida qoldirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 39-moddasi hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzolarni to‘plash va imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 14, 15-bandlariga asosan 212 ming 660 ta imzoga nisbatan 15 foiz imzolar, ya’ni 31 ming 899 ta imzodan har bir ma’muriy-hududiy tuzilmadan teng nisbatda, ya’ni 2 ming 279 tadan tekshirish uchun tanlov asosida ajratib olindi.O‘zbekiston Ekologik partiyasi va uning joylardagi hududiy organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Narzullo Oblomurodovni qo‘llab-quvvatlovchi jami 231 ming 210 nafar saylovchi imzosi bilan to‘ldirilgan 7 ming 707 ta imzo varaqalari blankalari har bir ma’muriy hududdan bir xil miqdorda Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etildi.
Tekshirish natijalariga ko‘ra, 31 ming 899 ta imzodan 4 ming 886 tasida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Jumladan, imzo varaqasidagi saylovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar saylovchining o‘zi yoki saylovchilar imzolarini to‘plagan mas’ul shaxs tomonidan kiritilmasdan qo‘yilgan imzolar 282 tani tashkil etgan. Saylash huquqiga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan qo‘yilgan imzolar – 181 ta. Imzo varaqasida ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlardan birortasi ko‘rsatilmasdan qo‘yilgan, shu jumladan, sanasi ko‘rsatilmagan imzolar 916 tani tashkil etgan. 3 ming 294 ta imzo boshqa shaxsning nomidan qo‘yilgan.
O‘zbekiston Ekologik partiyasidan tomonidan tekshiruv uchun Ekspert guruhi tomonidan 212 ming 660 ta imzoga nisbatan tanlab olingan 15 foizi miqdoridagi, ya’ni 31 ming 899 ta imzoga nisbatan imzo varaqalarini to‘ldirishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar 4 ming 886 tani tashkil etib, bu raqam o‘rganilgan imzolarning chorak qismi, ya’ni 25 foizdan sezilarli darajada kam ekanligi aniqlandi.
Ekspert guruhi a’zolari O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan tekshiruv uchun taqdim etilgan imzolar qonun talablariga muvofiq to‘planganligini inobatga olib, to‘plangan imzo varaqalari nomzodni ro‘yxatga olish uchun yetarli miqdorda to‘plangan va O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi hamda Markaziy saylovkomissiyasining tegishli Nizomi talablariga mos, degan xulosaga keldi.
Ekspert guruhining hulosasiga asosan Narzullo Oblomuradov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib ro‘yxatga olindi.
Nurillo NASRIEV, O‘zA