Import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar qamrovi ortmoqda
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi “Sayqal” savdo ishlab chiqarish korxonasida asosan yoshlar bilan ta’minlangan.
Korxonada 6 turdagi nogironlik aravachasi, bolalar velosipedi, 40 turdagi raqamli va analogli eshitish hamda ortopedik mahsulotlar, shuningdek, kaustik soda, o‘t o‘chirish suyuqligi va kukuni, ko‘chma burg‘ilash laboratoriyasi hamda fermer xo‘jaliklari uchun suvning harorati, loyqalanish darajasi va tiniqligi, suv havzasining chuqurligi, uning kalsiy, magniy va fosfor kabi kimyoviy elementlarga boyligini o‘lchaydigan ko‘chma laboratoriya jihozlari jamlanmasi, sinf doskasi ishlab chiqarilmoqda. Mazkur mahsulotlarga hozirda yurtimizda ehtiyoj juda katta. Chunki bu mahsulotlar import o‘rnini bosishi va o‘z afzalligi bilan ajralib turadi. Ichki bozordan ortgan mahsulotlar qo‘shni davlatlarga eksport qilinmoqda.
[gallery-20898]
Korxona ta’sischiligida “UD-audifon” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi, “Farg’ona Polimer”, “Far Pribor” va “Far-Drilling Chemicals” (“Farg‘ona burg‘ilash kimyosi”) mas’uliyati cheklangan jamiyatlari mavjud. Korxona rahbari, tadbirkor Abdurahmon Niyozovning so‘nggi – toshdan qog‘oz ishlab chiqarish loyihasi ham nafaqat respublikamizda, balki mintaqada yagonadir.
Umuman olganda, O‘zbekiston toshdan qog‘oz ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy, Tayvan, Eron va Yaponiyadan keyingi beshinchi davlat sanaladi. Xitoylik hamkorlar ko‘magida barpo etilgan “Fergana Stone Paper” qo‘shma korxonasi yiliga 9 ming tonna qog‘oz ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA