Imkoniyatlar sari intilgan Sardor (+video)
Bugun mamlakatimiz yoshlariga dunyo havas bilan boqmoqda. Ular orasidan chiqayotgan yangidan-yangi iste’dod egalarining erishgan yutuqlari ko‘zni quvnatib, ko‘ngilni yayratmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi Nihol mahallasida yashovchi Sardor Usmonov bugun o‘z bilimi va intilishi bilan yoshlarga yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
U dastlab mablag‘ yetishmasligi sabab uy sharoitida dars o‘tib, bilim ulashishni boshlagan. Keyinchalik esa mahalla yoshlar yetakchisining tavsiyasi asosida “Ko‘mak” loyihasi orqali ssuda olib, o‘zining “Sardor’s English Academy” o‘quv markazini tashkil etdi.
Bugungi kunda ushbu markaz 10 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladigan hududda faoliyat yuritib, nafaqat Nihol mahallasi, balki unga tutash hududlardagi yoshlarni ham qamrab olmoqda.
Eng muhimi, bu yerda o‘quv markazi mavjud bo‘lmagani sababli yaratilgan imkoniyatdan mahalla aholisi, o‘quvchilar va ularning ota-onalari mamnun.
Qahramonimiz bilan suhbatning to‘liq shaklini quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/oDyDv99LEaQ" title="Imkoniyatlar sari intilgan Sardor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Gulnoza Boboyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (montaj), O‘zA