Imkoniyati cheklangan sportchilar sharaflandi
Poytaxtimizda O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan imkoniyati cheklangan sportchilarni sharaflashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Poytaxtimizda O‘zbekiston milliy paralimpiya assotsiatsiyasi tomonidan imkoniyati cheklangan sportchilarni sharaflashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlarni sportga jalb etish orqali ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday g‘amxo‘rlik samarasida imkoniyati cheklangan sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok etib, Vatanimiz sharafini yanada yuksaltirmoqda.
Bu yilgi mavsum imkoniyati cheklangan sportchilarimiz uchun omadli bo‘ldi. Eronning Tehron shahrida o‘tkazilgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionatida sportchilarimiz kuchli uchlikdan o‘rin egallagan bo‘lsa, Armanistonning Yerevan shahri mezbonlik qilgan yunon-rum kurashi bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimiz g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi. Amputant futbolchilar o‘rtasida uch karra jahon chempioniga aylangan O‘zbekiston futbolchilari Rossiyada o‘tgan xalqaro turnirda barcha raqiblarini yengib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Tadbirda imkoniyati cheklangan sportchilarimizga bo‘lg‘usi nufuzli musobaqalarda g‘alaba qozonib, mamlakatimiz sporti dovrug‘ini yanada yuksaltirishi yo‘lida zafarlar tilandi.