Imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga quvonch ulashildi
Saxovat bu insonlardagi eng oliy fazilat hisoblanadi. Azal-azaldan xalqimiz har qanday sharoitda bir-biriga yelka tutgan, yordam qo‘lini cho‘zgan.


Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi qoshida tashkil etilgan “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan berilgan bepul sovg‘alarni Ko‘kdala tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi ma’muriyati 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari va “Xo‘jaobod” mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan o‘quvchilarga sovg‘a tariqasida tarqatdi va ularga quvonch ulashdi.


O‘lmas Barotov,
O‘zA muxbiri.