Ilmiy izlanishlar debochasi
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litseyda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, informatika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha an’anaviy ilmiy-ijodiy konferensiya o‘tkazildi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzuridagi akademik litseyda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida matematika, fizika, informatika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha an’anaviy ilmiy-ijodiy konferensiya o‘tkazildi.Tadbir “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili Davlat dasturi ijrosi doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Olmazor tumani kengashi va mazkur akademik litsey hamkorligida tashkil etildi.
Universitet prorektori A.Ashurov va boshqalar mamlakatimizda yosh avlod uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar ularning puxta bilim olishi, iste’dod va intellektual salohiyatini namoyon etishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. An’anaviy tashkil etilayotgan ushbu anjuman yoshlarning ilmiy-ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga hamda zamonaviy ilm-fan yutuqlariga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Konferensiyada “Fizikaning dolzarb yo‘nalishlari”, “Ekologik xavfsizlikni ta’minlashda biologik xilma-xillikni saqlash”, “O‘zbekistonda yarim avtomat robotlarni yaratish istiqbollari”, “Aniq fanlarning dolzarb yo‘nalishlari” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.