Ilmiy ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqarayotgan tadbirkorlarga qanday soliq yengilliklari beriladi?
Patentsiz ilmiy ishlanmalar asosida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘ygan korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi tegishli farmonida ko‘zda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar (soliqdan tashqari) tatbiq etiladi.
Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan patentsiz ilmiy ishlanmalar asosida tovar ishlab chiqarishni (xizmat ko‘rsatishni) yo‘lga qo‘ygan korxonalar 2026-yil 1-maydan 2029-yil 1-maygacha bo‘lgan davr uchun foyda solig‘ini belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘laydi.
Bu haqda shu yilning 9-oktabrida qabul qilingan “Yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off“ korxonalarini tashkil etish hamda yangi ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalarini moliyalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida beligandi.
Loyihalarni moliyalashtirish Ta’lim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlar asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zA