Ilm qalbga tushsa nur beradi (+video)
Termiziy hikmatlari
Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200-yilligi munosabati bilan tashkil etilgan “Termiziy hikmatlari” loyihamizning navbatdagi mehmoni Imom Termiziy nomidagi islom instituti talabasi Kamoliddin Omonov allomaning ilmiy izlanishlari va “Ilm qalbga tushmasa bu faqatgina yodlashdir. Qalbga tushgan ilm nur beradi” degan hikmatli so‘zlarining mazmun-mohiyati haqida fikr yuritadi.
So‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy “Nasoyimul muhabbat” asarida Hakim Termiziyning botiniy va zohiriy bilimlarga doir ko‘p kitoblar yozgani haqida ma’lumot bergan.
Manbalarda ulug‘ mutafakkirning 400 dan ortiq asar yozgani, ularning 70 ga yaqini bizgacha yetib kelgani qayd etilgan. Allomaning qo‘lyozma holidagi asarlari dunyoning Istanbul, London, Parij, Qohira, Damashq, Iskandariya kabi shaharlaridagi mashhur kutubxonalardan joy olgan. Shuningdek, poytaxtimizdagi Milliy kutubxona va Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ham Hakim Termiziy asarlarining qo‘lyozmalari saqlanmoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri