Ikkinchi davra musobaqalari bo‘lib o‘tdi
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi kartodromda karting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi ikkinchi davra musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan yuz nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.
Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridagi kartodromda karting bo‘yicha O‘zbekiston kubogi ikkinchi davra musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan yuz nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi.“Yagonasan, muqaddas Vatanim, sevgi va sadoqatim senga baxshida, go‘zal O‘zbekistonim!” shiori ostida o‘tkazilgan musobaqa O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining Respublika texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan tashkil etildi.
Bellashuvlarda gulistonlik A.Haydarov, angrenlik K.Nadimov o‘z yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston kubogi bahslarining final bosqichida qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.