Iker Kasilyas: "Real Madrid"ning birorta futbolchisi terma jamoaga chaqirilmagani meni xafa qildi
Har narsaning o‘z vaqti soati bor.
Ispaniya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas terma jamoaga birorta sobiq klubi futbolchisi chaqirilmagani haqida gapirdi.
"Real" akademiyasi a’zosi va ispaniyalik sifatida klubdan terma jamoaga birorta futbolchi chaqirilmagani meni biroz xafa qildi. Bu og‘ir vaziyat desam ham bo‘laveradi. Har narsaning o‘z vaqti soati bor. Terma jamoada shuncha "Barselona" futbolchisi bo‘lishi uchun klub akademiyaga tayanishiga majbur qilgan moliyaviy inqirozni yengib chiqishi kerak bo‘lgan", - dedi Kasilyas.
Ispaniya terma jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida Urugvay, Saudiya Arabistoni va Kabo-Verde bilan kuch sinashadi.