Ijodiy aksiya davom etadi
Prezidentimizning 5 ta tashabbusi bo‘yicha implementatsiya strategiyasini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq 2019 yil oktabr oyidan boshlangan “O‘zbekiston manzaralari” aksiyasi joriy yil oxiriga qadar davom etadi.

Mazkur aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad – amaliy san’at ustalari va rassomlar ishtirokida yurtimizning manzarali joylarida, ona tabiat qo‘ynida ochiq mashg‘ulotlar, plenerlar tashkil etib, tabiat manzaralarini tasvirlash va yaratilgan asarlarni turizmni rivojlantirish bo‘yicha nashr etiladigan albom uchun tavsiya etishdan iborat.
Ushbu ijodiy loyiha yakunida aksiya ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy kengashiga taqdim etilgan asarlar saralanadi va mamlakatimizda turizmni rivojlantirish bo‘yicha maxsus nashr etiladigan albom uchun tavsiya etiladi.