Ijarada yashaydigan talabalarga yordam ko‘rsatiladimi?
Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan, ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.
Bu Prezidentimizning «Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘rsatilgan.
Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari (300 ming so‘m), qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan (150 ming so‘mdan) oshmasligi lozim.
Ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar uchun beriladi.
OTM tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi mumkin.
Sh.Ne’matov, O‘zA