IIB xodimlari vatanga qasamyod qildi
Andijonda viloyat ichki ishlar organlariga qabul qilingan 88 nafar yosh xodimning «Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi»ni qabul qilish tadbiri o‘tkazildi.
Har bir yigit ichki ishlar organlari safiga kirar ekan, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchini va zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga va’da berib, Vataniga va xalqiga sodiq bo‘lishga qasamyod qiladi. Qasamyodiga sodiq qolish ichki ishlar organi xodimlaridan metin iroda va cheksiz vatanparvarlikni talab qiladi.
[gallery-2972]
bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlari aholining tinch-osoyishta hayotini ta’minlashdek mas’uliyatli vazifani sidqidildan bajarib, joylarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.
Tadbirda Vataniga va xalqiga sodiq bo‘lishga qasamyod qilgan yosh xodimlar ham albatta, kelgusida sharafli xizmati bilan el-yurt manfaatiga munosib hissa qo‘shajak.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA